Sanchoning APLdagi tanaffusdan keyingi ilk samarasi qayd etildi

«Aston Villa» vingeri Jeydon Sancho APLda yarim yillik sukunatdan so‘ng nihoyat natijali harakat amalga oshirdi. Bu holat shanba oqshomida «villanlar»ning safarda «Bornmut»ga qarshi uchrashuvida ro‘y berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Sanchoning uzatmasidan keyin Morgan Rodjers hisobni ochdi — 1:0.
Eslatib o‘tamiz, Sancho 2025 yil yozida «Aston Villa» futbolchisiga aylangandi. Birmingem klubidagi faoliyati davomida u rasmiy o‘yinlarda hozircha atigi ikki bor samarali harakat bilan ko‘zga tashlangan: yanvar 2026da Yevropa Ligasi doirasida «Fenerbahche» darvozasiga gol urgan, endi esa APLda assist qayd etdi. Qolgan uchrashuvlarda esa u na gol, na golli pas bilan ajralib turgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing