Freiburg bir kishi kam bo'lsa ham Verderni yengdi

Germaniya Bundesligasining 21-turida «Freiburg» o'z maydonida «Verder»ni qabul qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuvning 13-daqiqasidayoq Yan-Niklas Beste jarima maydoni ichidan aniq zarba berib, mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi — 1:0. Oradan ko'p o'tmay, Igor Matanovichning bosh bilan yo'llagan xavfli zarbasini darvozabon qaytardi.
Ikkinchi bo'lim boshida «Freiburg» futbolchisi Yoxan Manzambi Olivye Demanga nisbatan qo'pol harakat qildi va maydondan chetlatildi.
Shunga qaramay, mezbonlar 10 kishi bo'lib qolganiga qaramasdan, minimal ustunlikni saqlab qoldi. Bu g'alabadan so'ng «Freiburg» 7-o'ringa ko'tarildi, «Verder» esa xavfli zonaga yaqinlashib, pley-off (o'tish) o'yinlari tahdidi ostida qolmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing