date

Iraola Aston Villa bilan durangdan keyin norozi bo'ldi

Iraola Aston Villa bilan durangdan keyin norozi bo'ldi

"Bornmut" bosh murabbiyi Andoni Iraola Angliya chempionatining 25-turida "Aston Villa"ga qarshi o'yindan so'ng fikr bildirdi. Uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Iraolaning aytishicha, olingan bir ochko yomon emas, biroq maydondagi ustunlikni inobatga olganda bu natija "Bornmut" uchun yetarli bo'lmagan. Mutaxassis jamoasi o'yinda yaxshiroq ko'ringani, ammo g'alabani qo'ldan chiqarganini ta'kidladi. Shuningdek, u tanaffusda futbolchilarga aynan shu ruhda davom etish kerakligini aytganini va gol urish faqat vaqt masalasi bo'lganini qayd etdi.

Murabbiy raqib darvozaboni Emiliano Martinesni ham alohida maqtab o'tdi. Iraola Martines bilan har safar to'qnash kelganda u juda ishonchli o'ynashini, uni mag'lub etish qiyinligini aytdi va bu darvozabon nega jahon chempioni bo'lganini har hafta amalda ko'rsatishini qo'shimcha qildi.

Turnir jadvalida "Bornmut" 34 ochko bilan 11-o'rinda bormoqda. "Aston Villa" esa 47 ochko bilan 3-pog'onani egallab turibdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Iraola Aston Villa bilan durangdan keyin norozi bo'ldi