date

Palmer jarohatlar haqida avval bunday holatni boshdan kechirmagan

Palmer jarohatlar haqida avval bunday holatni boshdan kechirmagan

“Chelsi” yarim himoyachisi Koul Palmer jarohatlar bilan bog‘liq muammolar unga avval hech qachon bu darajada ta’sir qilmaganini aytdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

23 yoshli angliyalik futbolchi APLning so‘nggi turida “Vulverhempton”ga qarshi o‘yinda (3:1) xet-trik qayd etdi. Palmer uchta golning barchasini birinchi bo‘limdayoq urdi, ulardan ikkitasi penaltidan kiritildi.

Palmerning ta’kidlashicha, bu mavsumgacha u faoliyati davomida jarohatlar sababli jiddiy qiyinchiliklarga duch kelmagan. Endi esa u bu holatga moslashishni o‘rganayotganini, lekin baribir vaziyat ranjitayotganini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, joriy mavsumda deyarli biror uchrashuvga yuz foiz tayyor holatda chiqmagan va maydonga tushganda “buni qila olamanmi-yo‘qmi” degan o‘ylar haddan tashqari ko‘p aylanishini tan oldi.

“Ko‘klar” yetakchisining APLning joriy mavsumida 14 o‘yinda 7 ta gol urgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Palmer jarohatlar haqida avval bunday holatni boshdan kechirmagan