Endrik gol ura olmadi, ammo maydondan chetlatildi

"Lion" hujumchisi Endrik Liga 1 doirasida "Nant"ga qarshi bahsda qizil kartochka olib, uchrashuvni muddatidan avval yakunladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
19 yoshli braziliyalik futbolist 2-daqiqdayoq ogohlantirilgan edi. 61-daqiqada esa hakam unga to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka ko'rsatdi. Bu safar Endrik gol urishda ham, assist qayd etishda ham o'z hissasini qo'sha olmadi.
Endrik "Lion" safidagi dastlabki besh o'yinda barcha musobaqalarda 5 ta gol urib, 1 ta golli uzatma bergandi. Yosh forvard yanvar boshida Madridning "Real" klubidan ijara asosida fransuz jamoasiga qo'shilgan.
Agar "Lion" g'alaba qozonsa, "Marsel"ni ortda qoldirib, turnir jadvalida uchinchi o'ringa ko'tariladi. Keyingi turda esa Paulu Fonseka boshchiligidagi jamoani "Nitsa"ga qarshi uchrashuv kutib turibdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!