Anchelotti Endrikka Braziliya terma jamoasida maxsus rol beradi

Hujumchi Endrik qishki transfer oynasida “Real”dan ijara asosida “Lion”ga o‘tganidan beri o‘zini yorqin tomondan ko‘rsatmoqda. OAVda Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti uni yaqin oradagi yig‘inga chaqirishni rejalashtirgani haqida xabarlar tarqaldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
The Touchline nashri L’Equipe’ga tayanib yozishicha, Endrik mart oyidagi xalqaro tanaffusda Braziliya terma jamoasining asosiy markaziy hujumchisi sifatida maydonga tushishi kutilmoqda.
Mart oxirida jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasida Braziliya Fransiya va Xorvatiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazadi.
Eslatib o‘tamiz, yozda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga AQSh, Kanada va Meksika mezbonlik qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing