"Aston Villa" safarda "Bornmut"ga qarshi o‘yinda ochko yo‘qotdi (video)

APLda 25-turning diqqatga tushgan bahslaridan biri — "Bornmut" hamda "Aston Villa" o‘rtasidagi to‘qnashuv bo‘ldi. Uchrashuv 1:1 hisobida durang bilan tugadi. "Villa" tomondan hisobni Morgan Rojers ochdi, ammo mezbonlar ikkinchi bo‘limda javob golini urib, ochkolarni bo‘lishib oldi. Ya’ni, "Villa" uchun “uch ochko” imkoni bor edi, ammo "Bornmut" o‘ziga kerakli natijani “sug‘urib” oldi.
Bornmut – Aston Villa 1:1
Gollar: Rayyan 55 – Rojers 22
Bornmut – Petrovich, Ximenes, Hill, Senesi, Tryuffert, Skott, Rayyan, Adli, Evanilson, Kroupi (Kristiye, 65).
Aston Villa – Martines, Kesh, Konsa, Mingz, Din, Duglas Luis, Onana, Sancho, Buendiya (Beyli, 67), Rojers, Uotkins.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing