date

Real Liverpul himoyachisi Konatega uzoq muddatli taklif berdi

Real Liverpul himoyachisi Konatega uzoq muddatli taklif berdi

Fransuz markaziy himoyachi Ibraima Konate yozgi transferlar bozorida Ispaniyaga yo‘l olishi mumkin. Uning «Liverpul» bilan amaldagi shartnomasi 2026 yil yozida yakunlanadi, futbolchiga qiziqish bildirayotgan klublar orasida madridlik «Real» ham bor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Manbalarga ko‘ra, «qaymoqranglilar» Konatega uzoq muddatli bitim taklif qilgan. Taklif etilayotgan shartnoma 2031 yil o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.

Eslatib o‘tamiz, Konate 2021 yil iyunidan beri mersisaydliklar safida to‘p suradi. 26 yoshli fransuz himoyachining transfer narxi 50 million yevroga baholanmoqda.

Joriy mavsum APLda Konate 23 ta uchrashuvda maydonga tushdi. U bir gol urdi va besh bor sariq kartochka oldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Real Liverpul himoyachisi Konatega uzoq muddatli taklif berdi