Gaslin Zaxaryan jarohati raqiblarga imkoniyat berdi

Sankt-Peterburgning “Zenit” klubi sobiq futbolchisi Aleksey Gaslin “Real Sosyedada” to‘p surayotgan rossiyalik yarim himoyachi Arsen Zaxaryanning navbatdagi jarohati haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mutaxassis “Match TV” efirida jamoada yangi murabbiy ish boshlagan bir paytda Zaxaryan jarohat olib safdan chiqqani alamli ekanini ta’kidladi. Uning aytishicha, ayni damda Arsenning raqobatchilari o‘zini ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘layotgan bir vaqtda Zaxaryan jarohat sabab jarayonni chetdan kuzatishga majbur.
La Liganing 23-turida “Real Sosyedad” “Elche” ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Zaxaryan esa sog‘ligidagi muammo tufayli ushbu uchrashuvda maydonga tushmadi.
Joriy mavsumda Arsen 16 ta o‘yinda qatnashib, 1 ta gol urdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yoziga qadar mo‘ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!