RB Leyptsig Diomandeni sotish bo'yicha muzokara olib bormayapti

RB Leyptsigning qanot hujumchisi Yan Diomande yozgi transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbaga ko'ra, 19 yoshli futbolchini PSJ, Bavariya, Tottenhem hamda Manchester Yunayted skautlari kuzatishda davom etmoqda. Shunga qaramay, hozircha futbolchi bo'yicha na rasmiy taklif bor, na transfer yuzasidan muzokaralar ketmoqda.
Diomande joriy mavsum barcha musobaqalarda 21 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 6 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Futbolchining RB Leyptsig bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilgacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali Diomandening bozor qiymatini 45 million yevroga baholamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing