date

"Eyupspor" - "Bashakshehir" o‘yini uchun taxminiy tarkiblar e’lon qilindi

"Eyupspor" - "Bashakshehir" o‘yini uchun taxminiy tarkiblar e’lon qilindi

Turkiya Superligasining 21-turidan o‘rin olgan navbatdagi qiziqarli bahsda “Eyupspor” o‘z maydonida “Istanbul Bashakshehir”ni qabul qiladi. Uchrashuv oldidan Fanatik nashri ikki jamoaning taxminiy tarkiblarini e’lon qildi. Muxlislarni esa eng ko‘p qiziqtirayotgan savol — hamyurtimiz Eldor Shomurodov qay tarzda maydonga tushishi.

Gap shundaki, Turkiya kubogi doirasida “Fatix Karagyumryuk”ka qarshi o‘yinda Eldor o‘zini noqulay his qilgani sababli 26-daqiqaning o‘zidayoq almashtirilgan edi. Ammo bugungi to‘qnashuvda u start tarkibidan o‘yinni boshlashi mumkin. Bu — “Bashakshehir” hujum chizig‘i uchun ham, o‘zbek muxlislari uchun ham katta yangilik.

Yana bir xush xabar: Abbosbek Fayzullayevning ham asosiy tarkibda maydonga tushishi kutilmoqda. Demak, “Bashakshehir” bu uchrashuvda o‘zbek dueti bilan hujumda keskinlik va tezlik qo‘shishi mumkin.

Fanatik taqdim etgan taxminiy tarkiblar quyidagicha:

“Eyupspor”: Jankat, Talha, Onguyene, Mendi, Umut Merash, Tashqin, Torres, Emre, Baran Ali, Pintor, Umut Bozok.

“Bashakshehir”: Muhammad, O‘mer Ali, Duarte, Opoku, Operi, Umut Gyunesh, Kemen, Fayzullayev, Shomurodov, Xarit, Selke.

Qisqasi, bugungi bellashuvda “Bashakshehir”ning asosiy umidi — markazdagi nazorat va oldindagi tezkor hujumlar bo‘ladi. Eldorning holati va Abbosbekning startdagi ishtiroki esa o‘yinga yanada qiziq tus berishi aniq.

Ma’lumot uchun, uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 16:30da start oladi. Muxlislar uchun esa bu bahs — “ikki o‘zbek maydonda, demak kayfiyat tayyor” degan gap.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » "Eyupspor" - "Bashakshehir" o‘yini uchun taxminiy tarkiblar e’lon qilindi