Kostil Shevalyeda katta salohiyat ko'radi, Safonovdan norozi

"Lill"ning sobiq darvozaboni Benua Kostil "PSJ" posbonlari Matvey Safonov va Lyuka Shevalye darajasi haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Kostilning aytishicha, Safonov chiziqda juda ishonchli harakat qiladi, biroq hozircha texnika jihatidan barqaror emas. Shuningdek, u havodagi kurashlarda muammolarga duch kelishini, shunga qaramay raqiblarga yuqoridan kelgan to'plar uchun kurashda doim qarshilik ko'rsatishga intilishini ta'kidladi.
Ekspert rossiyalik golkiperni dunyoning eng kuchli darvozabonlari qatoriga kiritmasligini ham yashirmadi.
"Menimcha, unda hali dunyoning eng yaxshilaridan biri maqomi yo'q. Shevalyeda katta salohiyat ko'ryapman, Safonov esa eng yaxshilardan ancha uzoq", — dedi Kostil.
Joriy mavsumda Safonov barcha turnirlarda 6 uchrashuvda maydonga tushib, 5 gol o'tkazib yubordi va 2 marta darvozasini daxlsiz saqlab qoldi.
Shevalye hisobida esa 26 o'yin, 28 o'tkazib yuborilgan gol va 10 ta "quruq" uchrashuv bor.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!