Pogrebnyak Bavariya va Hoffenhaym uchrashuviga taxmin bildirdi

Germaniya chempionatining 21-turi markaziy bahsida Myunxenning «Bavariya» klubi o‘z maydonida «Hoffenhaym»ni qabul qiladi. Ushbu o‘yin bo‘yicha sobiq «Zenit» hujumchisi Pavel Pogrebnyak o‘z fikrini bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mutaxassisning ta’kidlashicha, «nemis mashinasi» bu safar ham xatoga yo‘l qo‘ymasligi kerak. Pogrebnyak tikish varianti sifatida «Bavariya»ning (-1,5) forali g‘alabasini tanladi.
«Bavariya» — «Hoffenhaym» uchrashuvi bugun, 8 fevral kuni Myunxendagi stadionda bo‘lib o‘tadi. Start hushtagi 21:30 da (Toshkent vaqti bilan) yangraydi.
O‘yin arafasida mezbonlar Bundesligada 1-o‘rinda bormoqda, «Hoffenhaym» esa 3-pog‘onani egallab turibdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing