Timoti Vea De Dzerbining erta qo'ng'irog'ini esladi

“Marsel” futbolchisi Timoti Vea bosh murabbiy Roberto De Dzerbi uni jamoaga qanday chorlagani haqida gapirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Vea aytishicha, klub unga katta ishonch bildirgan, De Dzerbi esa shaxsan o'zi bu transferga turtki bo'lgan. Murabbiy futbolchiga FaceTime orqali ertalab soat 06:00 da (Toshkent vaqti bilan) qo'ng'iroq qilgan: u pijamada bo'lgan va sigaret chekayotgan paytida “Tim, bu yerga kelishing kerak. Ko'rasan, bu sening uying” degan.
Avgust oyida “Marsel” Veani “Yuventus”dan ijaraga oldi va ma'lum shart bajarilgach, majburiy sotib olish bandini ham kiritdi. Shu vaqtgacha Timoti 28 o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma berdi.
Hozirda “Marsel” Fransiya chempionati turnir jadvalida 4-o'rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!