Zamonamizning eng iqtidorli futbolchilaridan biri Krishtianu Ronaldu hisoblanadi. Zamin.uz blogi portugaliyalik yulduzning hayotidagi eng qiziq faktlarni Sizga havola etishga qaror qildi.
Ronaldu ismi AQSh prezidenti sharafiga qo‘yilgan
“Real” etakchisining to‘liq ismi Krishtianu Ronaldu Santush Aveyra. Ronaldu tug‘ilganda unga ism tanlashda ota-onasi uzoq tortishishgan edi. Onasi unga Krishtianu deb ism qo‘ymoqchi bo‘lgan. Otasi esa AQSh ning 40-prezidenti Ronald Reyganning ashaddiy muxlisi bo‘lgani uchun o‘g‘liga uning ismini qo‘yishga qaror qilgan. Jahon futboli yulduzining pasportidan ma’lumki, unga ism tanlashda ota-onasi qanday qilib o‘zaro kelishuvga erishishganini ko‘rish mumkin.
Krishtianuning akasi va opalari bor
Krishtianu – Mariya Doloresh dush Santush Aveyra va Joze Dinish Aveyralar oilasining kenja farzandi. Ularning birinchi farzandi Elma 1974 yilda tug‘ilgan, (hozir u “SR7” deb nomlanuvchi do‘konlar tarmog‘ida ishlaydi), bir yildan so‘ng ikkinchi farzandi Xyugo tug‘ilgan, o‘smirlik chog‘ida narkotik moddalar iste’mol qilishga berilib ketgan bo‘lib, Ronalduning pullari evaziga ushbu zahri qotilning changalidan u qutqarib qolindi. 1976 yilda esa uchinchi farzandi Katya dunyoga kelgan — Portugaliyada etarlicha taniqli va “Ronalda” nomi bilan chiquvchi qo‘shiqchi.
“Klyuyvert” va “yig‘loqi bola” – laqabli bolaligi haqida
Krishtianuning yoshlik chog‘laridagi laqabi Klyuyvert edi, ya’ni uni gollandiyalik futbolchi Patrik Klyuyvertning sharafiga shunday deb chaqirishardi. «Patrik Chempionlar ligasi musobaqasida “Ayaks” tarkibida “Milan” ga qarshi o‘zining ajoyib o‘yini bilan meni hayron qoldirgan edi. Men butun o‘yin davomida uning xatti-harakatlarini kuzatdim va qoyil qoldim – shunday yosh futbolchi kuchli va yoshi katta o‘yinchilar bilan tengma-teng o‘ynayotganini ko‘rib. Patrik o‘yindagi jamoasiga g‘alaba keltiruvchi golini kiritganda esa mening xursandchiligimni chegarasi yo‘q edi. Va menga o‘zimni gollandiyalik bilan taqqoslash juda yoqimli bo‘lgan edi”-deb aytgan edi Ronaldu. Shuningdek u bolalik chog‘larida o‘zi uchun “yig‘loqi bola” laqabini ham orttirib olgan edi, o‘zining jamoasi mag‘lubiyatga uchraganda Ronaldu qattiq xafa bo‘lar edi.
O‘qituvchisiga stul uloqtirish
1997 yilda Krishtianu Ronaldu o‘zining tug‘ilib o‘sgan Madeyra orolidan “Sporting” akademiyasida futbol ta’limini davom ettirish uchun Lissabonga keladi. Shuningdek oddiy maktabda ham mashg‘ulotlarga qatnashishni unga hech kim ta’qiqlamagan. Shu bilan birga Krishtianuda bilim egallashda iqtidor va chanqoqlik yo‘q edi. Lekin u nafaqat futbol maydonida, balki maktab auditoriyasida o‘zi uchun turib bera olardi. Bir safar Ronalduning gapirish ohangiga o‘qituvchisi uning ustidan yana kuladi. Shunda u birinchi qo‘liga tushgan narsa stulni olib o‘qituvchisiga qarata uloqtiradi.
Yurak jarrohligi
Krishtianuning 15 yoshida unda taxikardiya, ya’ni yurakning tez urishi kasalligi aniqlanadi. Bunday tashxis bilan professional faoliyat haqida o‘ylash - o‘limga teng orzu edi. Lekin bu vaziyatda “Sporting” klubining tezkor va professional yondoshuvi natijasida Ronaldu nafaqat yurak muammosini unutdi, balki zamonamizning eng kuchli futbolchilaridan biri darajasigacha etishdi. Qiziq, butun jarayon “jarrohlik – tiklanish” juda ham qisqa muddatni o‘z ichiga oldi. Yurakda o‘tkazilgan jarrohlik lazer xirurgiyasi asosida o‘tkazildi, uchinchi kuni esa Krishtianu klubining umumiy guruhida mashg‘ulotlarda qatnashdi.
Tatuirovka haqida
Krishtianu Ronaldu o‘zining tashqi ko‘rinishiga juda ham qattiq e’tibor beradi va o‘z imijini oshirishga juda ko‘p vaqt sarflaydi. Ajablanarlisi shuki, Ronalduning tanasida bironta ham tatuirovka yo‘q. Shu bilan birga bu haqda uni o‘zining izohi bor – Krishtianu faol qon donoridir. 2008 yilda u “Qizil Xoch Hisobi” kompaniyasining yuzi ham bo‘ldi va “Menda tatuirovka yo‘q, u bilan qon donori bo‘lish mumkin emas” shiori ostida ijtimoiy reklamaga ham tushdi.
2003 yilda Ronaldu amalda «Yuventus» ga o‘tgan edi
2003 yilning yozida Ronaldu «Sporting» dan «Manchester Yunayted» ga o‘tdi. Lekin portugaliyalik Tumanli Albion o‘rniga Apennin oroliga, aynan Turinga borib qolishi ham mumkin edi. Chunki “Yuventus” rahbari Modji bu haqda shunday degan edi:“Biz Salasni “Sporting” ga sotishga kelishgan edik, Ronaldu esa Turinga tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun kelgan edi. Kutilmaganda Salas transferga qarshi chiqdi, shundan so‘ng Krishtianu “MYu” bilan shartnoma imzoladi”.
Ronaldu –«Manchester Yunayted» dagi birinchi portugaliyalik
Krishtianu Ronaldu «Manchester Yunayted» tarixidagi birinchi portugaliyalik hisoblanadi. U o‘zi uchun 28 raqamini olishni xohlagan, sababi ushbu raqam uning “Sporting” dagi raqami hisoblanardi, lekin Fergyusson unga klubning afsonalari Jorj Best, Brayan Robson, Erik Kantona va Devid Bekxemlarning raqami hisoblangan 7 raqamini berishni istadi. “Bu taniqli futbolka meni rag‘batlantiruvchi qo‘shimcha manba bo‘ldi. Menga ko‘rsatilgan ushbu yuksak ehtirom uchun men ularning ishonchini oqlashim zarur edi” – deb eslaydi Ronaldu.
Terma jamoa etakchisi va to‘purari
Ronaldu – Portugaliya milliy terma jamoasi tarixidagi eng kuchli to‘purar hisoblanadi: 135 o‘yinda raqiblari darvozasiga 66 ta to‘p kiritgan. Tan oling bironta top terma jamoa Portugaliya termasi kabi bitta o‘yinchining qanday o‘yin ko‘rsatishiga bog‘lanib qolmagan. O‘tgan yili yozda bo‘lib o‘tgan Evro-2016 da Krishtianu terma jamoasiga Evropa chempionligini taqdim etdi.
Ronaldu muxlislariga jarohat etkazuvchi
2009-2010 yilgi Ispaniya chempionatining «Real» - «Xetafe» uchrashuvida Krishtianu o‘z klubining muxlisini burnini sindirib qo‘ygandi. Raqib o‘yinchisidan to‘pni olib qo‘yib, to‘satdan birinchi qatorda o‘tirgan muxlisning yuziga qarata to‘pni tepgan. Ispaniya televideniyasi o‘sha o‘yinda xet-trik namoyish etgan Ronalduning gollarini emas, ushbu holatni qayta-qayta ko‘rsatgan edi. Klub tibbiy xizmatchilari tribunaga qarab chopib jarohat olgan muxlisga birinchi tez tibbiy yordamni ko‘rsatishgan edi. O‘yin tugagandan keyin Ronaldu ushbu muxlisni oldiga borib o‘zining futbolkasini sovg‘a qilgan edi.
2013 yilning yozida Ronaldu yana bir “Real” muxlisiga jarohat etkazgan. Krishtianu “Bornmut” darvozasiga tomon jarima to‘pini amalga oshirish chog‘ida to‘p 11 yoshli Charli ismli bolaning qo‘liga tegib sindirgan edi. “Bu juda fantastik holat, qanday qilib bunday holda qo‘lni sindirish mumkin. Men bunday holatni odatda masalan, daraxtdan tushib ketib sodir etishim mumkin. Buni tasavvur qilish qiyin, bu holat har kim bilan sodir bo‘lishi mumkin, agar men qo‘limni qo‘yib qolmaganimda tishlarimdan ajrab qolishim mumkin edi” – deb xursand bo‘lgan edi ushbu bola. “Qirollik klubi” jarohat olgan bolaga Ronalduning avtograf tushirilgan futbolkasini sovg‘a qilgandi.
Krishtianuning ishonib bo‘lmas darajadagi sakrashi
2011 yilda Chichester universitetining olimlari Krishtianudan biomexanik tajriba o‘tkazishda ishtirok etishni so‘rashdi. Ushbu o‘tkazilgan test natijalari barchani lol qoldirdi: aniqlanishicha Ronaldu joyidan yuqoriga tomon 44 sm, yugurib kelib esa 78 sm balandlikka sakray oldi. Bu Milliy Basketbol Assosiasiyasi o‘yinchilarining ko‘rsatkichidan 7 sm baland edi.
O‘z sharafiga ochilgan muzey
2013 yil dekabrda Krishtianu Ronaldu o‘zining shaxsiy muzeyini ochdi. Bu tarixiy voqea uning tug‘ilib o‘sgan yurti – Madeyra orolidagi Funshal shahrida yuz berdi. Bunga sabab Ronalduning faoliyati davomida erishgan barcha yutuqlarni hamma ko‘rishi uchun. “Bu erda yangi mukofotlarni joylashtirish uchun ham joy bor” – deb keyingi erishajak yutuqlariga shama qilgan edi Ronaldu lentani kesish chog‘ida. 2014 yilda u kolleksiyasini o‘zining shaxsiy va jamoaviy yutuqlari bilan boyitdi. Klublar o‘rtasida o‘tkaziladigan musobaqadan so‘ng u jonajon tug‘ilib o‘sgan shahrida o‘ziga haykal o‘rnatishni maqsad qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
AQSHda 10 yoshli bola politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, matematikadan uy vazifasini bajarishda yordam so‘radi
Rossiya Davlat dumasiga rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktablarga kiritishni taqiqlash loyihasi kiritildi
Migren, klaster sefalgiya, zo‘riqish... Bosh og‘rig‘ining necha turi mavjud?
Sayxunobodda qarzdor otadan salkam 75 mln so‘m aliment pullari undirildi
Xonanda Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi
Kipr hukumati rossiyalik va ukrainalik milliarderlarning «oltin» pasportlarini olib qo‘ydi
Eron oliy rahnamosi Netanyaxuni qatl qilishga chaqirdi