date

Lecce Udinezeni oxirgi daqiqalarda yengib, uch ochko oldi

Lecce Udinezeni oxirgi daqiqalarda yengib, uch ochko oldi

Italiya A seriyasining 24-turi doirasida Lecce o'z maydonida Udineze bilan bahslashdi va dramatik yakunda g'alabani ilib ketdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uchrashuvning 5-daqiqasida Yesper Karlstromning xatosidan so'ng Omri Gandelman hisobni ochdi. 26-daqiqada esa Umar Sole 11 metrlik jarimadan aniq zarba berib, darvozabonni aldadi va muvozanatni tikladi — 1:1.

O'yin so'ngida Konan N'Dri uzoq masofadan zarba yo'llab, birozgina nishondan adashdi. Biroq 90-daqiqada Lamek Banda jarima zarbasidan to'pni to'g'ridan-to'g'ri darvozaga joylab, Leccega 2:1 hisobidagi g'alabani taqdim etdi.

Natijada Lecce g'alabasiz seriyasiga yakun yasadi va quyi ligaga tushish zonasidan uch ochkoga uzoqlashdi. Udineze esa turnir jadvalida 8-o'rinni bo'lishishda davom etmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Lecce Udinezeni oxirgi daqiqalarda yengib, uch ochko oldi