date

Liverpul APLdagi antirekordni yana takrorlab qo'ydi

Liverpul APLdagi antirekordni yana takrorlab qo'ydi

Angliya Premyer-ligasining 25-turida «Liverpul» o'z maydonida «Manchester Siti»ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Uchrashuvda «qizillar» 74-daqiqada Dominik Soboslai golidan so'ng hisobni ochdi, biroq qolgan daqiqalarda ikki bor gol o'tkazib yubordi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Bellashuv taqdiri 93-daqiqada hal bo'ldi: Erling Holann penalti zarbasini aniq ijro etib, «Siti»ga g'alaba keltirdi.

Opta ma'lumotiga ko'ra, Arne Slot jamoasi joriy mavsumda to'rtinchi marta raqibga qo'shib berilgan daqiqalarda g'alaba golini urishga yo'l qo'ydi. Bu APL tarixidagi antirekord ko'rsatkichiga teng: avvalroq «Uotford» (ikki marta), «Vest Hem» va «Sautgempton» ham shunday holatni qayd etgan.

Chempionatda yana 13 tur bor, shu bois «Liverpul» bu borada yakka antirekord sohibiga aylanib qolish xavfi ostida turibdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Liverpul APLdagi antirekordni yana takrorlab qo'ydi