Mark Gehi Enfilddagi hushtaklarga munosabat bildirdi

"Manchester Siti" markaziy himoyachisi Mark Gehi APL doirasida "Liverpul"ga qarshi o‘yinda "Enfild" stadionida mezbon muxlislar tomonidan hushtaklar ostida qoldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
25 yoshli futbolchi uchrashuvda "shaharliklar"ga 2:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritishda yordam berdi.
Gehi vaziyatga izoh berar ekan, hushtaklarning sababini tushunmaganini, biroq bunga ta’sir qila olmasligini aytdi. Shuningdek, u o‘yin davomida uni qo‘llab-quvvatlagan "Siti" muxlislariga minnatdor ekanini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, Mark Gehi yanvar oyida "Kristal Pelas"dan "Manchester Siti" safiga ko‘chib o‘tgandi. Mavsum boshida himoyachi "Liverpul"ga o‘tishga juda yaqin kelgan, biroq kelishuv so‘nggi daqiqada barbod bo‘lgan.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…