date

Kompani Bavariyaning gollar rekordi haqida fikr bildirdi

Kompani Bavariyaning gollar rekordi haqida fikr bildirdi

Myunxenning «Bavariya» klubi bosh murabbiyi Vensan Kompani Bundesligada bir mavsumdagi eng ko‘p gol urish rekordiga yaqinlashish ehtimoli yuzasidan munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

21-turdan so‘ng bavariyaliklar 79 ta gol urib, hatto o‘z standartlari bo‘yicha ham juda yuqori natija qayd etmoqda. Hozircha chempionatdagi amaldagi rekord — 101 ta gol.

«Bu men uchun birinchi darajali maqsad emas. Lekin “Bavariya” maqomi shuni talab qiladi: hujumda faol bo‘lishimiz, ko‘p gol urishimiz kerak. Muxlislar ham bizdan shuni kutadi. Bu — kuchli jihatimiz. Men uchun eng muhimi, istalgan pallada gol ura olishimizni his qilish. Hozir yigitlar buni juda yaxshi uddalayapti», — dedi Kompani matbuot anjumanida.

Yakshanba kuni «Bavariya» navbatdagi yirik g‘alabasini rasmiylashtirib, «Hoffenhaym»ni 5:1 hisobida mag‘lub etdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kompani Bavariyaning gollar rekordi haqida fikr bildirdi