Yevropaning top ligalarida 0:0 duranglar bo‘yicha A Seriya peshqadam

Yevropaning kuchli besh ligasi kesimida bu mavsum 0:0 hisobidagi duranglar eng ko‘p Italiya A Seriyasida qayd etilmoqda. The Touchline sahifasi keltirgan ma’lumotlarga ko‘ra, bu ko‘rsatkich bo‘yicha A Seriya raqobatchilaridan ancha oldinda bormoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Aniq raqamlar quyidagicha: Italiya chempionatida — 26 ta 0:0 durang, Angliya chempionatida — 16 ta, Fransiya chempionatida — 14 ta, Ispaniya chempionatida — 10 ta, Germaniya chempionatida esa — 9 ta.
Hozirda Yevropaning top ligalarida turnir jadvalida yetakchilik qilayotgan jamoalar — «Inter», «Arsenal», «PSJ», «Barselona» va «Bavariya». «PSJ» safida rossiyalik darvozabon Matvey Safonov ham to‘p surmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing