date

Dro Fernandes PSJdagi ilk o'yinidan keyin taassurot bildirdi

Dro Fernandes PSJdagi ilk o'yinidan keyin taassurot bildirdi

8 fevral kuni PSJ Fransiya chempionatining 21-turida “Marsel”ni yirik hisobda mag‘lub etdi — 5:0. Uchrashuv Parij klubi safiga endigina qo‘shilgan Dro Fernandes uchun ham muhim bo‘ldi: u yangi jamoasida ilk bor maydonga tushdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Yarim himoyachi 75-daqiqada Senni Meyuly o‘rniga zaxiradan o‘yinga qo‘shildi. Qisqa vaqt ichida u 6 ta aniq pas berdi, 1 marta raqibini driblingda aldadi, shuningdek, raqiblar Fernandesga nisbatan 3 bor qoida buzdi.

“Bu mening birinchi o‘yinim, juda xursandman. O‘zimni xuddi uyimdagidek his qildim. Hammasi silliq o‘tishi uchun klub xodimlari va jamoadoshlarimga rahmat. Stadiondagi muhit-chi? Aqlbovar qilmas darajada! Muxlislarga qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorman”, — deya Fernandesning so‘zlarini klub rasmiy sayti keltirdi.

Ma’lumot uchun, PSJ Fernandes transferi uchun “Barselona”ga 8 million yevro to‘lagan. Futbolchi parijliklar bilan 2030 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Dro Fernandes PSJdagi ilk o'yinidan keyin taassurot bildirdi