Deli Alli Londondagi kazinoda pokerda katta yutqazmoqda

Angliya terma jamoasi va "Tottenxem"ning sobiq futbolchisi Deli Alli Londondagi kazinolardan birida poker o‘ynab, bir necha kun ichida katta miqdordagi pulni boy berib qo‘ydi. Bu haqda Daily Mail xabar berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbaga ko‘ra, kazinoga tez-tez qatnaydiganlar Allining tungi payt muntazam o‘ynashini aytishgan. Odatda u bir kechaning o‘zida qariyb 28 ming atrofida mablag‘ni yutqazadi. Poker muhitida u "kit" deb ham atalayotgani ta’kidlanadi — bu atama katta pul tikib, tez-tez yutqazib qo‘yadigan sust o‘yinchilarga nisbatan ishlatiladi. Qayd etilishicha, Alli ko‘pincha yolg‘iz keladi, deyarli hech kim bilan muloqot qilmaydi, tushkun ko‘rinadi va mag‘lubiyatlarni ham sovuqqon qabul qiladi.
Hozir 29 yoshli Deli Alli klubsiz. O‘tgan yili uning Italiya "Komo"si bilan shartnomasi bekor qilingan, boshqa jamoada faoliyatini davom ettirish bo‘yicha urinishlari esa hozircha natija bermayapti.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!