Kompani Bavariya g'alabasini yuqori baholadi va ideal hisobni aytdi

Bundesliganing 21-tur markaziy o'yinida «Bavariya» o'z maydonida «Hoffenhaym»ni 5:1 hisobida yirik mag'lubiyatga uchratdi. Uchrashuvdan so'ng myunxenliklar bosh murabbiyi Vensan Kompani natija yuzasidan fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Belgiyalik mutaxassisning aytishicha, hisob yanada kattaroq bo'lishi ham mumkin edi. «5:0 yoki 6:0 ko'rinishidagi natija ideal bo'lardi. Lekin biz raqibga hurmat bilan qaraymiz: qarshimizda kuchli jamoa bo'ldi, shuning uchun bu hisobni yaxshi deyish mumkin. Endi butun e'tiborimiz «RB Leyptsig»ga qarshi bahsda», — deya Kompani so'zlarini klub matbuot xizmati keltirdi.
Ushbu g'alabadan keyin «Bavariya» 54 ochko jamg'arib, Bundesligada peshqadamlikni saqlab qoldi. Myunxen klubi eng yaqin ta'qibchisidan olti ochkoga oldinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!