Pochettino APLni baribir yutaman deya va'da berdi

Pochettino APLni baribir yutaman deya va'da berdi

“Tottenhem”ning sobiq bosh murabbiyi Maurisio Pochettino Angliya Premyer-ligasini sogʻinganini yashirmadi. Mutaxassis APLga albatta qaytishiga ishonadi va chempionlikni qoʻlga kiritish niyati qatʼiy ekanini taʼkidladi, biroq bu qachon va qaysi jamoa bilan roʻy berishini hozircha aniq ayta olmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

“Men yana urinib koʻraman. APLni yutish — mening orzum. Qachon va kim bilan ekanini bilmayman, ammo bunga tayyorman. Hozir murabbiylik faoliyatimning eng yaxshi pallasidaman”, — deya Pochettinoning soʻzlarini keltiradi derbyderbyderby.it.

Ayni paytda Pochettinoning sobiq klubi — Londonning “Tottenhem”i chempionat turnir jadvalida 15-oʻrinda bormoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar