Salah agenti Al-Ittihod bilan muzokara olib bormoqda

Yozgi transferlar davrida hujumchi Muhammad Salah klubini o'zgartirishi ehtimoli bor. Arne Slot bilan avval kuzatilgan kelishmovchiliklar va joriy mavsumdagi unchalik ishonchli bo'lmagan o'yinlar misrlik futbolchining kelajagi borasidagi qarashlariga ta'sir qilmoqda. Manbalarga ko'ra, u shartnomasi yakunlanishiga bir yil qolganida ham "Liverpul"ni tark etishi mumkin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Foot Mercato xabariga ko'ra, Salahning agenti allaqachon Saudiya Arabistonining "Al-Ittihod" klubi bilan muzokaralar olib bormoqda. O'tgan yilgidan farqli ravishda, Muhammad Saudiya chempionatiga ko'chib o'tish variantiga hozir ancha ochiq qaramoqda.
Yozda Muhammad Salah 34 yoshga to'ladi. Transfermarkt portali hujumchini 30 million yevroga baholamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!