date

Roseno'r Palmerning so'nggi daqiqadagi omadsiz zarbasini izohladi

Roseno'r Palmerning so'nggi daqiqadagi omadsiz zarbasini izohladi

«Chelsi» bosh murabbiyi Liam Roseno'r «Lids»ga qarshi uchrashuv (2:2) yakunida Koul Palmerning o'yin oxiridagi kutilmagan xatosiga munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

94-daqiqada yarim himoyachi «ko'klar»ga g'alabani olib kelishi mumkin edi, biroq juda qulay vaziyatda to'pni darvozaga yo'naltira olmadi.

«Bunday holatda Koul 1000 ta urinishdan 999 tasida gol uradi. Afsuski, bu safar o'sha yagona istisno bo'ldi», — deya Roseno'rning so'zlarini jurnalist Bobbi Vinsent keltirdi.

Shunga qaramay, Palmer bu o'yinda «Chelsi»ning har ikki golida ham bevosita ishtirok etdi: 24-daqiqada u Joao Pedroga assist berdi, 58-daqiqada esa penaltini aniq ijro etib, o'zi ham hisobga yozildi. Mezbonlar esa Lukas Nmecha (penalti) va Noa Okaforning 67 hamda 73-daqiqalardagi gollari evaziga mag'lubiyatdan qutulib qoldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Roseno'r Palmerning so'nggi daqiqadagi omadsiz zarbasini izohladi