Marsel De Dzjerbi bilan shartnomani bekor qildi

"Marsel" klubi rasmiy sayti orqali italiyalik mutaxassis Roberto De Dzjerbi bosh murabbiylik lavozimini tark etganini ma'lum qildi. Tomonlar hamkorlikni o'zaro kelishuv asosida yakunlashgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
De Dzjerbi Provans jamoasini 2024 yil yozidan buyon boshqarib kelayotgandi. O'tgan mavsumda uning qo'l ostida "Marsel" Liga 1da ikkinchi o'rinni egallab, faqat Parijning "PSJ" klubini oldinga o'tkazib yuborgandi.
Hozirda "Marsel" 39 ochko bilan Fransiya chempionati turnir jadvalida to'rtinchi pog'onada bormoqda. Jamoa so'nggi uchrashuvda "PSJ"ga qarshi maydonga tushib, 0:5 hisobida yirik mag'lubiyatga uchradi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing