date

Araujo Alvarezga Barselonada o'ynashni tavsiya qildi

Araujo Alvarezga Barselonada o'ynashni tavsiya qildi

“Barselona” himoyachisi Ronald Araujo “Atletiko” Madrid hujumchisi Xulian Alvarezning kataloniyaliklar safiga ehtimoliy o'tishi haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Araujo argentinalik forvardni hozirgi paytdagi eng kuchli hujumchilardan biri sifatida e'tirof etib, uning mahorati ko'rinib turganini ta'kidladi. Himoyachiga ko'ra, eng zo'r futbolchilar eng zo'r klubda to'p surishi kerak va u bu o'rinda “Barselona”ni tilga oldi, biroq transfer masalasi uning vakolatiga kirmasligini qo'shib o'tdi.

Joriy mavsumda Alvarez barcha turnirlarda 32 o'yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma muallifi bo'ldi.

Transfermarkt ma'lumotiga ko'ra, hujumchining bozor qiymati 100 million yevroni tashkil etadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Araujo Alvarezga Barselonada o'ynashni tavsiya qildi