date

Meksikadagi Aste'ka stadioni ta'miri jadvaldan ortda qolmoqda

Meksikadagi Aste'ka stadioni ta'miri jadvaldan ortda qolmoqda

Meksikadagi afsonaviy «Aste'ka» stadionida 11-iyun kuni jahon chempionatining ochilish uchrashuvi bo'lishi kerak, biroq hozircha arena bunga to'liq tayyor emas. Stadionda ta'mirlash ishlari qizg'in ketmoqda va ular musobaqa startigacha yakunlanmasligi ehtimoli yuqori. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Stadion ma'muri Emilio Askaraga muddatlar cho'zilganini rasman tasdiqladi. Shu bilan birga, u ta'mirlash jarayoni birinchi o'yin o'tkazilishiga xalal bermasligiga umid qilmoqda — turnir paytida ishlar vaqtincha to'xtatilishi rejalashtirilgan. Qayd etish joiz, «Aste'ka» o'z tarixida uchinchi bor mundialning start uchrashuviga mezbonlik qiladi: avval 1970 va 1986 yillarda shunday bo'lgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Meksikadagi Aste'ka stadioni ta'miri jadvaldan ortda qolmoqda