date

Marku Silva Manchester Cityga qarshi o'yin doim og'ir kechadi

Marku Silva Manchester Cityga qarshi o'yin doim og'ir kechadi

Fulhem bosh murabbiyi Marku Silva APLning 26-turida Manchester Cityga qarshi uchrashuv oldidan matbuot anjumanida fikr bildirdi. Bahs 11-fevral kuni 00:30 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Silvaning aytishicha, jamoa tarkibida yo'qotishlar bor. Oskar Bobb hamon jarohatdan keyingi tiklanish jarayonida va unga yana vaqt kerak, shuning uchun murabbiylar shtabi futbolchini shoshirmaslik niyatida.

Shuningdek, Timoti Kastan va Sasho Lukich ham safdan chiqqan. Murabbiy qolgan futbolchilar holati yaxshi ekanini ta'kidladi.

Manchester City bilan bo'ladigan o'yin haqida gapirgan Silva bu raqibga qarshi Fulhem uchun odatda juda qiyin bo'lishini, statistika ham jamoa foydasiga emasligini eslatdi. Shunga qaramay, murabbiy ushbu manzarani o'zgartirish istagi borligini qayd etdi.

Silvaning so'zlariga ko'ra, Everton bilan bahsda ochkolar boy berilganiga qaramay, jamoaning o'ziga bo'lgan ishonchi pasaymagan. U Fulhem maydonda ixcham harakat qilishi, to'p ularda bo'lgan pallalarda esa to'g'ri joylashuv va yechimlarni topishi kerakligini urg'uladi.

Murabbiy o'tgan mavsumdagi Manchester Cityga qarshi uchrashuvni ham eslab, o'yin juda shiddatli o'tganini aytdi. Uning fikricha, agar jamoa o'sha bahsning ikkinchi bo'limidagi darajani (nafaqat gollar, balki o'yin sifati jihatidan ham) takrorlay olsa, bu yaxshi natija uchun asos bo'lishi mumkin, biroq yakunda baribir hisob hal qiluvchi omil ekanini qo'shimcha qildi.

Hozirda Fulhem turnir jadvalida 34 ochko bilan 12-o'rinda bormoqda. Manchester City esa 50 ochko jamg'argan holda 2-pog'onani egallab turibdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Marku Silva Manchester Cityga qarshi o'yin doim og'ir kechadi