Florian Virts Sanderlendga qarshi o'yinini baholadi

“Liverpul” yarim himoyachisi Florian Virts “Sandерlend” ustidan 1:0 hisobidagi g'alabadan so'ng uchrashuvdagi ishtiroki haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Germaniyalik futbolchi o'yinni to'liq o'tkazdi, biroq gol yoki assist bilan hisobni to'ldira olmadi.
“Umuman olganda, yomon o'ynamadim. Yaxshi epizodlar ham bo'ldi, unchalik chiqmagan vaziyatlar ham uchradi. Men imkoniyatlar yaratishga harakat qildim. Eng muhimi — g'alaba qozondik”, — dedi Virts o'yindan keyin OAV bilan suhbatda.
Bellashuvdagi yagona gol 61-daqiqada kiritildi: jamoa sardori Virjil van Deyk Muhammad Saloh uzatmasidan keyin aniq zarba yo'lladi.
Arne Slot boshchiligidagi jamoa shanba kuni Angliya Kubogi doirasida o'z maydonida “Brayton”ni qabul qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!