date

Frankning Arsenal haqidagi gaplari Tottenhamda joniga tegdi

Frankning Arsenal haqidagi gaplari Tottenhamda joniga tegdi

Yaqinda "Tottenhem" Tomas Frankni bosh murabbiylik lavozimidan bo'shatganini rasman e'lon qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

"Shporlar" rahbariyati uchun so'nggi tomchi APLning 26-turida "Nyukasl"ga o'z maydonidagi 1:2 hisobidagi mag'lubiyat bo'lgani aytilmoqda. Jurnalist Mett Lou xabariga ko'ra, daniyalik mutaxassis mashg'ulot va suhbatlarda tez-tez "Arsenal"ni tilga olib, "kanonirlar"ni "Tottenhem" futbolchilariga namuna sifatida ko'rsatgan. Ayrim o'yinchilar esa bu mavzudagi gaplardan to'yib ketgan, Frankning Mikel Arteta jamoasini tinimsiz maqtashi raqibga ortiqcha e'tibor sifatida qabul qilingan.

Hozir "Tottenhem" Angliya chempionati turnir jadvalida 16-o'rinda bormoqda. "Arsenal" esa peshqadamlikni saqlab turibdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Frankning Arsenal haqidagi gaplari Tottenhamda joniga tegdi