date

Pavlovich Leyptsig bilan tortishuv sababini tushuntirdi

Pavlovich Leyptsig bilan tortishuv sababini tushuntirdi

"Bavariya" yarim himoyachisi Aleksandr Pavlovich "RB Leyptsig" futbolchilari bilan bo'lib o'tgan bahsli vaziyat haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Germaniya kubogi chorak finalida myunxenliklar 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Uchrashuvning ikkinchi bo'limida maydonda kichik tortishuv yuzaga kelib, uning yakunida Pavlovich sariq kartochka oldi.

"Men o'zimni ortiqcha tajovuzkor tutdim, bunday holat menga yarashmaydi. Ammo emotsiya — futbolning bir qismi. Jamalga keraksiz tarzda qo'pol o'ynashdi, shuning uchun jahlim chiqdi. Aslida vazmin bo'lishim kerak edi, lekin o'sha paytda hammasi Jamal uchun edi", — deya Pavlovichning so'zlarini Bayern & Germany keltirdi.

"Bavariya" navbatdagi o'yinini 14 fevral kuni "Verder"ga qarshi o'tkazadi. Bundesliganing 22-tur bahsi 19:30 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanishi rejalashtirilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Pavlovich Leyptsig bilan tortishuv sababini tushuntirdi