date

Eberl Diasning Bavariyaga ko‘chishini muvaffaqiyatli deya baholadi

Eberl Diasning Bavariyaga ko‘chishini muvaffaqiyatli deya baholadi

Myunxenning «Bavariya» klubi sport direktori Maks Eberl jamoa vingeri Luis Dias haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Eberlning aytishicha, Dias transferi e’lon qilingan dastlabki paytlarda klub ko‘p tanqidga uchragan, biroq «Bavariya» ichida bu qaror to‘g‘ri ekaniga ishonch baland bo‘lgan.

«Biz u o‘yin uslubimizga juda mos tushishini his qilgandik. Bu juda omadli transfer. Balki hozir kimdir ortga qarab: “Xo‘p, ehtimol, hammasi u qadar yomon bo‘lmagan”, der», — deya Eberlning so‘zlarini keltiradi Bayern & Germany.

«Bavariya» Diasni o‘tgan yozda «Liverpul»dan 70 million yevroga sotib olgan. Joriy mavsumda 29 yoshli kolumbiyalik futbolchi barcha musobaqalarda 31 uchrashuvda maydonga tushib, 19 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Germaniya chempionatining 21-turidan so‘ng «Bavariya» 54 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Eberl Diasning Bavariyaga ko‘chishini muvaffaqiyatli deya baholadi