date

Marsel bosh murabbiyligiga yana bir nomzod paydo bo'ldi

Marsel bosh murabbiyligiga yana bir nomzod paydo bo'ldi

Fransiyaning «Marsel» klubi Roberto De Dzerbi ishdan bo'shatilgach, bosh murabbiylik masalasi bo'yicha yana bir variantni ko'rib chiqmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Foot Mercato xabariga ko'ra, Saudiya Arabistonida ishlayotgan Serjiu Konseysau bilan bir qatorda, marselliklar Habib Beye nomzodini ham ko'rib chiqishi mumkin.

Habib Beye avval «Renn»da bosh murabbiy bo'lib ishlagan. U 9 fevral kuni so'nggi 4 uchrashuvdagi qoniqarsiz natijalar sabab lavozimidan chetlatilgan edi.

Hozirda «Marsel» chempionat jadvalida 21 o'yindan keyin 39 ochko bilan 4-o'rinda bormoqda. Klubdan yuqorida «Lion» (42), «Lans» (49) va «PSJ» (51 ochko) joylashgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Marsel bosh murabbiyligiga yana bir nomzod paydo bo'ldi