Kimmix Upamekanoga Bavariyada qolib shartnomani uzaytirishni tavsiya qildi

"Bavariya" yarim himoyachisi Yo'zua Kimmix jamoa himoyachisi Dayo Upamekanoning kelajagi borasida fikr bildirdi va u bilan shartnomani uzaytirish masalasi haqida bir necha bor gaplashganini aytdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Kimmixning ta'kidlashicha, u o'z pozitsiyasini fransuz futbolchisiga aniq yetkazgan, biroq yakuniy qarorni Upamekano o'zi qabul qiladi. Yarim himoyachi nazarida Myunxenda qolish eng to'g'ri yo'l, chunki hozir "Bavariya" taklif qilayotgan shartlar juda jozibador ko'rinadi.
Upamekano 2021 yilda "Leyptsig"dan "Bavariya"ga 42 million yevro evaziga o'tgandi. Uning amaldagi shartnomasi 2026 yil 30 iyungacha mo'ljallangan. Joriy mavsumda himoyachi myunxenliklar safida 28 o'yinda qatnashib, 1 gol urdi va 1 golli uzatma berdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!