date

Real Kess Smit uchun Yevropa gigantlari bilan kurashadi

Real Kess Smit uchun Yevropa gigantlari bilan kurashadi

Niderlandiyaning AZ Alkmaar klubida to'p surayotgan yarim himoyachi Kess Smit yirik Yevropa jamoalari e'tiborini tortishda davom etmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

20 yoshli futbolchi bir necha oydan beri Madridning Real klubi transfer ro'yxatida yuribdi, biroq “qirollik” jamoasini jiddiy raqobat kutmoqda. Jurnalist Ekrem Konur ma'lumotiga ko'ra, Smitni Barselona, Bavariya, shuningdek Angliya Premyer-ligasining Chelsi, Nyukasl va Liverpul klublari ham sinchiklab kuzatmoqda. AZ Alkmaar yarim himoyachi uchun 60 million yevro talab qilmoqda.

Joriy mavsumda Kess Smit 31 uchrashuvda 3 ta gol urib, 5 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirgan. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 22 million yevroga baholamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Real Kess Smit uchun Yevropa gigantlari bilan kurashadi