Deku Barselona Bavariya yulduzi Ta bilan kelishganini aytdi

“Bavariya” markaziy himoyachisi Jonatan Ta faoliyatini “Barselona”da davom ettirishi ham mumkin edi. O‘tgan yozda nemis futbolchisi “Bayer”dan Myunxen klubiga o‘tib, grand safini to‘ldirgandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ta uchun Yevropaning bir qator top jamoalari qiziqish bildirgan, ular orasida “Barselona” ham bor edi. Kataloniyaliklar futbolchi bo‘yicha muzokaralarni ancha oldinga olib chiqqan.
“Bizga yaqin bo‘lib, oxir-oqibat kelmagan futbolchi kim? Jonatan Ta bilan juda jiddiy muzokaralar olib bordik, ammo kelishuv yakuniga yetmadi”, — deya “ko‘k-anorranglilar” sport direktori Deku so‘zlarini Sport nashri keltirdi.
Qayd etilishicha, Ta “Bavariya”ga atigi 2 mln yevroga tushgan. Bunga sabab — uning “Bayer” bilan shartnomasi 2025 yil iyun oyi oxirida yakunlanishi arafasida bo‘lgani.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!