Denzel Dyumfris «Milan»ga qarshi o‘yinga qaytishga yaqin

Denzel Dyumfris jarohatdan keyingi reabilitatsiyasini yakunlab, «Inter» safida maydonga qaytishga juda yaqin. U fevral oyidayoq jamoaga yordam berishi mumkin. Futbolchining 8-mart kuni «Milan»ga qarshi o‘yinda ishtirok etishi deyarli aniq kutilmoqda. «Inter» hozir A Seriya turnir jadvalida «Milan»dan sakkiz ochko oldinda bormoqda.
Niderlandiyalik yarimhimoyachi Denzel Dyumfris jarohatdan keyingi uzoq reabilitatsiyani yakunlab, «Inter» safida maydonga qaytishga juda yaqin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbalarga ko‘ra, futbolchi fevral oyidayoq jamoaga yordam bera boshlashi mumkin. Eng muhimi, u 8-mart kuni bo‘lib o‘tadigan «Milan»ga qarshi prinsipial uchrashuvda deyarli aniq ishtirok etishi kutilmoqda.
Milanliklar shtabi aynan shuni kutmoqda: «Inter» hozir A Seriya turnir jadvalida yetakchi bo‘lib turibdi va «Milan»dan sakkiz ochkoga oldinda, raqibning esa bitta o‘yini zaxirada bor.
Eslatib o‘tamiz, «Inter» Italiya chempionligini oxirgi bor 2024 yilda qo‘lga kiritgan.






























Izohlar 0
…