date

Vensan Kompani Pavlovichning o'sishini yuqori baholadi

Vensan Kompani Pavlovichning o'sishini yuqori baholadi

Myunxenning «Bavariya» klubi bosh murabbiyi Vensan Kompani yosh yarim himoyachi Aleksandr Pavlovichning so'nggi o'yinlardagi rivoji haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Kompani ta'kidlashicha, Pavlovich hujumda avvaldan faol harakat qilgan, biroq endilikda himoyaviy fazada ham sezilarli qadam tashlagan. Mutaxassis uning to'pni olib qo'yishdagi aniqligi va jamoaning himoyadagi o'yiniga ta'sir o'tkaza olish qobiliyatini alohida qayd etdi.

21 yoshli Pavlovich «Bavariya» akademiyasi tarbiyalanuvchisi sanaladi. Joriy mavsumda tayanch yarim himoyachi barcha musobaqalarda 30 uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta assist amalga oshirdi.

14 fevral kuni «Bavariya» safarda «Verder»ga qarshi bahs olib boradi. Bundesliganing 22-tur uchrashuvi 19:30 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanishi rejalashtirilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Vensan Kompani Pavlovichning o'sishini yuqori baholadi