date

Froynd Pavlovichning o'sishini alohida iste'dod deb atadi

Froynd Pavlovichning o'sishini alohida iste'dod deb atadi

Myunxenning «Bavariya» klubi sport direktori Kristof Froynd yarim himoyachi Aleksandr Pavlovichning so'nggi paytdagi o'yinlari va rivojlanishi haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Froyndning ta'kidlashicha, Pavlovich yosh bo'lishiga qaramay maydonda katta ishonch bilan harakat qilayotgani — alohida qobiliyat. U futbolchi yanada mahoratini oshirganini, ko'p mehnat qilayotganini ham qo'shib, akademiya tarbiyalanuvchisining asosiy jamoada o'z o'rnini topishi klub uchun juda quvonarli ekanini aytdi.

Joriy mavsumda 21 yoshli yarim himoyachi barcha musobaqalarni hisobga olganda 30 uchrashuvda maydonga tushib, 2 gol urdi va 1 assist qayd etdi.

«Bavariya» navbatdagi o'yinini 14 fevral kuni «Verder»ga qarshi o'tkazadi. Germaniya chempionatining 22-tur bahsi 19:30 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Froynd Pavlovichning o'sishini alohida iste'dod deb atadi