«Arsenal» chempion bo‘la olmasa, Arteta o‘tirgan kursisidan ayriladimi?

«Arsenal» chempion bo‘la olmasa, Arteta o‘tirgan kursisidan ayriladimi?
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • «Arsenal» chempionlikka erisha olmasa, bosh murabbiy Mikel Artetaning klubdagi kelajagi xavf ostida qoladi.
  • Klub rahbariyati uning lavozimi aynan shu mavsum natijalariga bog‘liqligini bildirgan, Arteta esa 2019 yildan buyon jamoani boshqarib kelmoqda.
  • «Arsenal» ketma-ket uch mavsum Angliya vitse-chempioni bo‘lgan, biroq asosiy maqsad — chempionlikka hali erishilmagan.
  • Brentford bilan 1:1 hisobidagi durangdan so‘ng «Manchester Siti» bilan farq 4 ochkogacha qisqardi.

«Arsenal» chempion bo‘la olmasa, Arteta o‘tirgan kursisidan ayriladimi?
Londonning "Arsenal" klubida mavsumning hal qiluvchi pallalari yaqinlashar ekan, bosh murabbiy Mikel Arteta atrofidagi bosim yana kuchaydi. Fichajes xabariga ko‘ra, klub rahbariyati murabbiyga uning kelajagi aynan shu mavsumdagi natijalarga bog‘liq ekanini ochiq-oydin yetkazgan.

Gap qisqa: agar «to‘pchilar» yana chempionlikka yeta olmasa, Artetaning lavozimini saqlab qolish imkoniyati juda ham past deb baholanmoqda. Ya’ni bu yil “yaxshi o‘ynadik, ammo...” degan klassik bahonalar o‘tmay qolishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Arteta 2019 yildan buyon jamoani boshqarib kelyapti. Uning qo‘l ostida «Arsenal» ketma-ket uch mavsum Angliya vitse-chempioni bo‘ldi — natija yomon emas, lekin Londonda bir narsa har doim qattiq talab qilinadi: kubok, ayniqsa chempionlik. Va asosiy maqsadga hali ham yetib borilmagani aynan hozir uning ustidan “minus” bo‘lib qaytyapti.

Oxirgi turda «Arsenal» safarda Brentford bilan 1:1 o‘ynab, g‘alabani ilib ketolmadi. Ha, yetakchilik saqlanib qoldi, lekin vaziyat ancha sig‘iq: "Manchester Siti" bilan oradagi farq 4 ochkogacha qisqardi. Bunday tempda har bir durang — raqiblarga “marhamat, yaqinlashing” degandek ta’sir qiladi.

Endi jamoa uchun asosiy vazifa oddiy: “chiroyli futbol”ni emas, natijani birinchi o‘ringa qo‘yish. Chunki chempionlik poygasida his-tuyg‘u ham, statistika ham o‘ziga yarasha, ammo oxirida tabloda qaysi raqam turgani hal qiladi. Arteta uchun esa bu mavsum — shunchaki navbatdagi yil emas, katta imtihon. Muxlislar umidi bor: agar jamoa oxirigacha kuchli bosimda ham sinovdan o‘tsa, bu nafaqat kubok, balki butun loyihaning “endi haqiqatan tayyor” degan tamg‘asi bo‘ladi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar