date

Angliya FA Rodri ustidan intizomiy ayblov qoʻydi

Angliya FA Rodri ustidan intizomiy ayblov qoʻydi

Angliya futbol assotsiatsiyasi (FA) “Manchester Siti” yarim himoyachisi Rodriga nisbatan ayblov e’lon qildi. Ispaniyalik futbolchi APLda “Tottenhem”ga qarshi bahsdan keyin hakamlar ishini keskin tanqid qilgani ortidan e’tibor markaziga tushdi. Oʻsha uchrashuv 2:2 hisobida yakunlangan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

BBC xabariga ko‘ra, Rodri sportga xos bo‘lmagan xatti-harakatda ayblanmoqda. Futbolchi belgilangan muddat ichida FA qo‘ygan ayblovlarga rasmiy javob berishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, London safarida “Manchester Siti” 2:0 hisobida oldinga chiqib olgan, biroq yakunda faqat bir ochko bilan kifoyalangan.

Hozirda Xosep Gvardiola jamoasi APL turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda. “Siti” peshqadam “Arsenal”dan to‘rt ochko ortda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Angliya FA Rodri ustidan intizomiy ayblov qoʻydi