date

Tottenhem Igor Tudor bilan kelishuvga erishdi

Tottenhem Igor Tudor bilan kelishuvga erishdi

Igor Tudor "Tottenhem" bosh murabbiyi bo‘ladi. The Athletic xabariga ko‘ra, London klubi 47 yoshli xorvatiyalik mutaxassis bilan tayinlov borasida kelishuvga erishgan. Tudor "shporlar"ni 2025/2026 yilgi mavsum yakunigacha boshqaradi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Klub rahbariyati Tudor jamoa o‘yiniga tez fursatda ijobiy ta’sir ko‘rsata olishiga ishonmoqda. Uning "Tottenhem"dagi ilk uchrashuvi derbiga to‘g‘ri keladi — 22 fevral kuni jamoa o‘z maydonida "Arsenal"ni qabul qiladi.

Hozirda "Tottenhem" APL turnir jadvalida 16-o‘rinda bormoqda. Yaqinda "Nyukasl"dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng klub Tomas Frank bilan xayrlashgandi.

Igor Tudor oktabr oxiridan beri ishsiz edi — u "Yuventus"dan ketganidan keyin klubsiz qolgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Tottenhem Igor Tudor bilan kelishuvga erishdi