Kanchelskis Karikka bosh murabbiy sifatida imkon berardi

Kanchelskis Karikka bosh murabbiy sifatida imkon berardi

Manchester Yunayted”ning sobiq yarim himoyachisi Andrey Kanchelskis klubning hozirgi vaqtinchalik bosh murabbiyi Maykl Karrik ishlari haqida fikr bildirdi. Karrik qisqa muddat ichida jamoani 5 uchrashuvning 4 tasida g‘alabaga boshlab keldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Kanchelskisga ko‘ra, “Yunayted” mavsum yakunida APL jadvalida kuchli to‘rtlikdan joy olib, Chempionlar ligasiga yo‘l olishi shart. Mutaxassis Karrikni doimiy asosda qoldirish masalasida shoshilmaslikni, biroq unga imkon berish kerakligini ta’kidladi.

Hozirda “Manchester Yunayted” 26 o‘yindan so‘ng 45 ochko jamg‘argan va to‘rtinchi o‘rinda bormoqda. Jamoa oldida “Aston Villa” (50), “Manchester Siti” (53) hamda “Arsenal” (57) joylashgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar