date

Arne Slot Konateni van Deyk darajasida deb baholadi

Arne Slot Konateni van Deyk darajasida deb baholadi

"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot jamoasining ikki markaziy himoyachisi — Ibraima Konate va Virgil van Deyk haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Joriy mavsumda fransuz futbolchi ayrim xatolari sabab tanqidlarga tez-tez uchrayapti. Biroq Slot 26 yoshli himoyachining xizmatlarini kamsitmaslikka chaqirdi.

Mutaxassisning aytishicha, Konate daraja jihatidan van Deykdan qolishmaydi, farqda esa yosh omili ham bor. Slot Konate so'nggi o'yinlarda juda yaxshi ko'rinayotganini, mavsum boshida ham ishonchli harakat qilganini ta'kidladi. Uning fikricha, birgina hal qiluvchi xato jamoatchilik munosabatini keskin o'zgartirib yuborgan.

Slot "Liverpul"ga kelganidan beri Konate va van Deyk maydonda doim yaxshi uyg'unlikda o'ynab kelayotganini qo'shimcha qildi. Murabbiy ikkala himoyachi ham barqaror formada ekanini, shuningdek, himoya chizig'ida variantlar kamligi sabab ular jamoa uchun nafaqat mahorati, balki ahamiyati jihatidan ham juda muhim ekanini aytdi.

Bugun Angliya Kubogi doirasida "Liverpul" — "Brayton" uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 01:00 da boshlanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Arne Slot Konateni van Deyk darajasida deb baholadi