date

Kompani Verderni kuchli jamoa deb baholadi

Kompani Verderni kuchli jamoa deb baholadi

Myunxenning «Bavariya» klubi bosh murabbiyi Vensan Kompani Bundesligada «Verder»ga qarshi bo‘ladigan o‘yin oldidan fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mutaxassis Germaniya chempionatida raqibning turnir jadvalidagi o‘rnidan qat’i nazar, oson uchrashuvlar bo‘lmasligini ta’kidladi. Shuningdek, Kompani «Verder»da yangi murabbiy ish boshlagani va u jamoa o‘yinini qayta qurayotgani uchun, «Bavariya»dan taktik jihatdan moslashuvchanlik talab etilishini aytdi.

«Futbol nuqtayi nazaridan ular yomon o‘ynamayapti, shunchaki gollar yetishmayapti. Kengroq qarasak, ular o‘ylagandek sust emas. Bu yaxshi jamoa. Raqibda yangi murabbiy bo‘lsa, taktik jihatdan moslashuvchan bo‘lish va o‘z kuchli tomonlaringga yanada ko‘proq e’tibor qaratish kerak», — dedi Kompani.

Bundesliganing 22-turida «Verder» (16-o‘rin) bugun, 14 fevral kuni «Bavariya»ni (1-o‘rin) qabul qiladi. Uchrashuv 19:30 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi. Matnli onlayn translyatsiya LiveResult portalida bo‘ladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kompani Verderni kuchli jamoa deb baholadi