
"Barselona" jamoasi hujumchisi Leo Messi Madridning "Real" jamoasi futbolchisi Xames Rodrigesga boshqa klubga o‘tishi kerakligini aytdi.
"Monako"dan 63 million funtga sotib olingan Xames JCh-2014da ajoyib o‘yin ko‘rsatganiga qaramay, ayni damda vaqtini "Real" zaxirasida o‘tkazmoqda. Messi esa unga agar faoliyatini davom ettirish istagi bo‘lsa, jamoani almashtirish kerakligini maslahat berdi.
— Menga imkoniyat berishsa, hamisha borimni berib o‘ynayman, — deydi Xamesning o‘zi. — Hozir faqat shuni o‘ylayapman. Bu futbol va futbolda qachon nima ro‘y berishini hech kim oldindan aytolmaydi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar