Igor Tudor Tottenham bosh murabbiyi etib tayinlandi

Igor Tudor «Tottenhem» bosh murabbiyi lavozimini egalladi. London klubi xorvatiyalik mutaxassis bilan joriy mavsum yakunigacha mo'ljallangan shartnoma imzolanganini rasman e'lon qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
47 yoshli murabbiy tayinlovdan so'ng fikr bildirib, klubga shunday muhim pallada kelish o'zi uchun katta sharaf ekanini ta'kidladi. Tudor zimmasidagi mas'uliyatni yaxshi tushunishini aytib, asosiy maqsadi jamoa o'yiniga barqarorlik kiritish va har bir uchrashuvda maksimal darajada kurashish bo'lishini qayd etdi.
«Bu yerda kuchli futbolchilar bor. Mening vazifam — ularning ishini to'g'ri yo'lga qo'yish, energiya berish va imkon qadar tez natijalarni yaxshilash», — deya Tudorning so'zlarini klub matbuot xizmati keltirdi.
Tudor o'tgan yili «Yuventus»da yetti oy ishlagan, oktyabr oxirida esa jamoani tark etgandi.
Hozir «Tottenhem» APL jadvalida 16-o'rinda bormoqda. Albatta, bunday natija londonliklarni qoniqtirmayotgani aniq.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!