Marsel Strasburg bilan o'yinda ikki to'pllik ustunlikni boy berdi

Fransiya Ligasining 22-turida “Marsel” o‘z maydonida “Strasburg”ni qabul qildi va 2:0 hisobida oldinga chiqqaniga qaramay, g‘alabani qo‘ldan chiqardi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuvning 5-daqiqasida Diegu Moreyra jarima maydoniga uzatma yo‘lladi, Xoakin Panichelli bosh bilan zarba berdi, biroq to‘p ustunga tegdi. Oradan ko‘p o‘tmay Amin Guiri hujumni tezlashtirdi, Meyson Grinvud esa darvozabon ustidan to‘pni oshirib, hisobni ochdi — 1:0.
Ikkinchi bo‘lim startida “Marsel” tezkor hujum uyushtirdi va bu safar Guiri o‘zi vaziyatdan unumli foydalanib, farqni ikkiga yetkazdi — 2:0.
74-daqiqada Sebastyan Nanasi yo‘llagan zarba rikoshet yordamida darvozadan joy oldi — 2:1. Qo‘shimcha bo‘limning 7-daqiqasida esa “Strasburg” penalti orqali hisobni tenglashtirdi: Panichelli burchakka aniq zarba berdi, darvozabon esa oxirigacha markazda qoldi — 2:2.
Durrangdan so‘ng “Marsel” turnir jadvalida uchinchi o‘rindagi “Lion”ni siqib chiqara olmadi. “Strasburg” esa 7-o‘rinda qolmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!